English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DSB binosiga quyosh panellari o‘rnatildi
12:19 / 2022-10-10

Buxoroda davlat soliq xizmati organlari ma’muriy binolarini muqobil energiyaga o‘tkazish maqsadida davlat soliq qo‘mitasi, viloyat hokimligi hamda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hamkorligida amaliy jarayonlar boshlandi.

Buxoro viloyati Davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, dastlabki bosqichda viloyat davlat soliq boshqarmasi binosining tom qismida “SOLAR NATURE” MCHJ tomonidan umumiy quvvati 60 kVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatildi.

Nominal quvvati 535 Vt bo‘lgan 112 dona monokristalli quyosh paneli va 24 ta invertorlardan iborat mazkur stansiya yiliga 22 ming kVt elektr energiya ishlab chiqaradi. E’tiborlisi, buning natijasida qariyb 70 foiz elektr energiyasi iste’molini tejashga erishiladi.

Belgilangan rejaga muvofiq, viloyatdagi barcha hududiy davlat soliq inspeksiyalarida ham tez fursatlarda xuddi shunday stansiyalar o‘rnatiladi.

Zarif Komilov, O‘zA