Draupadi Murmu Hindistonning 15-Prezidenti sifatida qasamyod qildi
Joriy yil 25 iyul kuni Hindiston Parlamenti markaziy zalida mamlakatning yangidan saylangan Prezidenti Draupadi Murmuning qasamyod marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “BBC News” xabar berdi.
Qasamyodni Oliy sud raisi Nutalapati Ramana qabul qildi. Tadbirda, shuningdek, Bosh vazir Narendra Modi va sobiq davlat rahbari Ram Natx Kovind ham ishtirok etdi.
Murmu Hindistonni 2007-2012 yillar boshqargan Pratibxa Patildan keyingi ikkinchi ayol prezident va qabila xalqlaridan saylangan birinchi prezident bo‘lib mamlakat tarixida qoladi.
D.Murmu vakolat muddati 24 iyul kuni tugagan sobiq prezident o‘rnini egallaydi.