English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Doyaxotin” konidan yana tabiiy gaz va kondensat qazib olinmoqda
09:49 / 2022-11-23

Mamlakatimizda konlarda tabiiy gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish, uglevodorodlar zaxirasini oshirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, quduqlarda kapital ta’mirlash ishlarini bajarish barobarida, yangi quduqlar burg‘ilanib, tugatilgan quduqlar majmuasida turganlari qayta ta’mirlanib ishga tushirilmoqda.  

Buxoro viloyatidagi Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Doyaxotin” konidagi 77-sonli quduqda olib borilgan ta’mirlash ishlari ham muvaffaqiyatli yakunlandi.  

Ma’lumot uchun, “Doyaxotin” gaz kondensat koni Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida joylashgan bo‘lib, 2004 yilda ishga tushirilgan. Ta’mirlash ishlari boshqarmaning Quduqlarni to‘la ta’mirlash sexi mutaxassislari tomonidan olib borildi.  

Ushbu quduqda 1884-1878 metr oralig‘ida perforatsiya ishlari olib borildi. O‘zlashtirish natijasida quduqdan o‘rtacha kunlik 37 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz qazib chiqarishga erishildi.  

 

Zarif Komilov, O‘zA