Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dovyuraklar ramzi
15:01 / 2024-02-08

“Sangi oyna” degan joy So‘x tumanidagi tog‘lar bag‘rida joylashgan. Bu joy so‘xliklar tilida shunday ataladi.

Zahiriddin Muhammad Bobur bobomizning “Boburnoma” asarida keltirilishicha Afg‘onistonga yurish qilish oldidan shu yerga qo‘shin yig‘ib, kuch to‘plagan va marmar toshli oynada o‘zining shohlik aksini ko‘rgan. So‘xga kelgan kishi borki “Sangi oyna” ni borib tomosha qiladi. 

Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlarining muddatli harbiy xizmatchilari va so‘xlik yoshlar birgalikda ushbu manzilga sayohat qildi. Zero, “Sangi oyna” ular uchun Zahiriddin Muhammad Boburdan qolgan dovyuraklar ramziga aylangan. Shu kuni Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag‘ishlab DXX chegara qo‘shinlariga qarashli So‘x tumanida joylashgan harbiy qismda sport musobaqalari ham tashkil etildi. Musobaqalarda askarlar va yoshlar o‘zlarini voleybol, futbol, stol tennisi va boshqa yo‘nalishlarda mahoratini sinovdan o‘tkazdi. Yakunda g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi. 

[gallery-15857]

N.Bozorova, O‘zA