Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Dovyurak jangchi” sinovlarida ayol harbiy xizmatchilar ham ishtirok etdi (+video)
15:43 / 2024-10-10

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining jismoniy tayyorgarligini yuqori darajaga ko‘tarish maqsadida har yili “Dovyurak jangchi” intensiv sinovlari o‘tkazib kelinadi.

Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining jismoniy tayyorgarligini yuqori darajada tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Jizzax viloyati “Forish” dala-o‘quv maydonida Milliy gvardiya tizimida shartnoma asosida xizmat qilib kelayotgan harbiy xizmatchilar “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishoni uchun intensiv sinovlarni topshirdi.   

Harbiy xizmatchilar o‘ttizdan ortiq shartni o‘z ichiga olgan uch bosqichli sinovlardan o‘tishdi. Xususan, kompleks kuch mashqlari, 30 km masofaga piyoda yurish va yugurish hamda yagona to‘siqlar yo‘lagida umumiy nazorat hamda o‘qotar qurollardan amaliy otish mashqlarini bajardi.  Shuningdek, pichoq uloqtirish kabi intensiv sinovlarda har bir harbiy xizmatchi jangovar ruh, matonat, shijoat bilan o‘z imkoniyatlarini amalda namoyon etdi.   

E’tiborlisi, mazkur sinovlarda bu yil ilk bor ayol harbiy xizmatchilar ham ishtirok etishdi.    

—Men Milliy gvardiya safida xizmat qilib kelaman. Sport turlari bo‘yicha Milliy gvardiya terma jamoasi a’zosiman. “Dovyurak jangchi” intensiv sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdim. Barcha ayol harbiy xizmatchilarga bu yo‘lda omad tilayman, — deydi Milliy gvardiya ofitseri Iroda Asilova.   

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/LYTrPHzVu2k" title="“Dovyurak jangchi” sinovlarida ayol harbiy xizmatchilar ham ishtirok etdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Harbiy an’analarni shakllantirish, doimiy yuqori jangovar shaylikni saqlash, harbiy xizmatchilarda o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch hissini tarbiyalashga xizmat qiladigan “Dovyurak jangchi” intensiv sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan harbiy xizmatchilar kelgusida albatta yosh safdoshlariga namuna bo‘ladi.     

“Dovyurak jangchi” farqlovchi nishoni Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.   

Nigora Rahmonova, O‘zA muxbiri