Dovurxon Karomatov – Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi!
Hozirgina para dzyudo bahslarida erkaklar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida hamyurtimiz Dovurxon Karomatov oltin medal uchun kechgan final bahsida ishtirok etdi.
Finalda unga ozarbayjonlik Xuseyn Raximli raqiblik qildi. “Oltin ochkolar”ga qadar kechgan kurashda vakilimiz ippon bahosi bilan imkoniyatni boy berdi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Ushbu natijadan so‘ng delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 11 taga yetdi: 4 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza.