Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dovondagi matonat
23:22 / 2025-11-21

Kuni kecha, vodiy viloyatlarini poytaxtimiz bilan bog‘lovchi katta magistral yo‘l – Kamchiq dovonida yuz bergan favqulodda vaziyat bilan bog‘liq voqeada Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Kamchiq qutqaruv otryadi xodimlari katta jasorat ko‘rsatdi.

 “A-373” Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tuvchi 148,8 kilometridagi “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan “Mersedes” rusumli, davlat raqami  40 G 062 FB bo‘lgan yuk avtomashinasida elektr qismdagi qisqa tutashuv oqibatida yong‘in yuz berdi. Transport vositasining yukxonasida 600 kilogramm kiyim kechak yuki bo‘lgan.   

Voqea joyiga tegishli texnikalarda yetib kelgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Kamchiq qutqaruv otryadining katta leytenant Bahrom Madaminov boshchiligida yetti nafar qutqaruvchisi yuzaga kelgan yong‘inni zudlik bilan  bartaraf etgan. 

Qutqaruvchilarning tezkorlikda olib borgan sa’y-harakatlari natijasida yuk mashinasi hamda undagi yuklar yong‘indan asrab qolishiga erishilgan. Qayd etish joiz, voqea tufayli hech kimga tan jarohati va talofat yetmagan.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA