Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dovonda murakkab ob-havo, lekin harakat barqaror
11:02 / 2026-02-12

Aholining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash hamda tog‘li hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulay ob-havo sharoitida yo‘l infratuzilmasini barqaror saqlash doimiy e’tiborda.

Ayniqsa, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Qamchiq dovonida transport harakatining uzluksizligi va xavfsizligini ta’minlash muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayni paytda mazkur yo‘nalishda ob-havo sharoiti o‘zgaruvchan bo‘lib, tegishli xizmatlar tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.  

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, A373 “Toshkent–Ohangaron–Angren–Qo‘qon–Shahrixon–Andijon” avtomobil yo‘lining 80—137 kilometrlari oralig‘ida yomg‘ir, 137—158 kilometrlari oralig‘ida esa qor yog‘moqda. Hududda tuman kuzatilib, havo harorati +1 darajani tashkil etmoqda. Yo‘llarda ko‘rish masofasi 900 metr atrofida bo‘lib, shamol tezligi 2–10 m/s, havo namligi esa 81 foizni tashkil qilmoqda.  

Qor yog‘ayotgan paytda dovonda avtotransport vositalarining to‘xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta’minlash maqsadida “Qamchiqavtoyo‘l IYFK” DM tomonidan yo‘l qoplamasida sirpanchiqlikning oldini olish choralari ko‘rilmoqda. Xususan, tun-kun maxsus mashina va mexanizmlar yordamida qum-tuz aralashmasi sepish hamda yo‘llarni qordan tozalash ishlari olib borilmoqda. Hozirda avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA