French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Do‘stona munosabatlar yanada rivojlantiriladi
11:40 / 2025-04-15

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilovning Yevropa parlamentining Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha delegatsiya rahbari T.Zdexovskiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda mehmon tomonga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi yo‘nalishidagi faoliyati, qo‘mitalar, komissiyalar, deputatlarning asosiy vazifalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, joriy yil 3-4 aprel kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilgan birinchi Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo sammiti yakunlari xususida ham to‘xtalib o‘tildi.  

O‘z navbatida, delegatsiya rahbari Yevropa Ittifoqi va mintaqa davlatlari ishonchli hamkorlarga aylanayotganini ta’kidladi. T.Zdexovskiy “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” Parlament hamkorlik qo‘mitasining 18-yig‘ilishi o‘tkazilayotgani aprel boshida bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo sammitining mantiqiy davomi ekanini alohida qayd etdi.  

Unga ko‘ra, bu tarixiy voqea mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirishdan ikki tomon ham siyosiy manfaatdor ekanini tasdiqlaydi hamda ko‘p yillik munosabatlardagi yangi bosqichdir.

Shuningdek, u Parlament hamkorlik qo‘mitasining 18-yig‘ilishi va uning doirasida o‘tkazilayotgan uchrashuvlar ikki mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirish hamda chuqurlashtirishga xizmat qilishini ma’lum qildi.

Muloqot davomida tomonlar parlamentlararo hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.

M.Komilova, O‘zA