Belarusning “og‘ir atletikachi” shaharlaridan biri Grodnoda bo‘lib o‘tayotgan II MDH sport o‘yinlari dasturidagi og‘ir atletika musobaqasi zalida yana bir bor O‘zbekiston bayrog‘i hilpiradi.
Terma jamoamizning eng tajribali vakillaridan biri Doston Yoqubov 73 kilogrammgacha vaznli atletlar guruhidan joy olgan edi. 10 nafar sportchi g‘oliblik uchun kurash olib borgani, hozirgacha bo‘lib o‘tgan og‘ir atletika bahslaridagi eng keskin, murosasiz raqobat aynan shu guruhda kechganidan dalolat.
Gap bir vazn toifasida qayd etilgan sportchilar soni ko‘pligida ham emas. Shohsupaga ko‘tarilgan atletlarning ikkikurash natijasiga e’tibor beraylik: g‘olib – Rossiya vakili Sergey Petrov – 323 kg, kumush medal sohibi, O‘zbekiston sportchisi Doston Yoqubov 322 kg, ikki mezbon – Ilya Jernovskiy va Andrey Frolov 321 kgdan. Oradagi farq eng minimal – 1 kgdan. Rossiyalik taniqli og‘ir atletikachi Zulfat Garayev esa kuchli to‘rtlikning bosimiga dosh bera olmadi. Darvoqe, o‘zbekistonlik yosh sportchi Abdulaziz Alimxonov ushbu qiyin guruhda 6-pog‘onani band etgani ham, aslida, yomon ko‘rsatkich emas.
Doston siltab ko‘tarish mashqida rus bahodirini yengdi, faqat dast ko‘tarishdagi farqni yo‘qqa chiqara olmadi. Hammasini hal qilgan, bosh uzra ko‘tarilgan toshlar og‘irligini aks ettirgan yakuniy raqamlar musobaqa jadvalida ayon:
G‘ayrat XONNAZAROV,
O‘zA
Minsk, Belarus