Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Do‘stlikni tarannum etgan eng yaxshi videomateriallar aniqlandi
16:34 / 2024-07-31

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2021 yil 10 fevralda qabul qilingan qonunga asosan O‘zbekistonda 30 iyul Xalqlar do‘stligi kuni sifatida keng nishonlanmoqda. Bu bayramning ta’sis etilishi ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi tomonidan ko‘tarinki ruhda kutib olindi.

Mazkur sanani munosib nishonlash maqsadida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan qator hamkor tashkilotlar bilan birga yurtimizda 30 iyul – 7 avgust kunlari Do‘stlik festivali o‘tkazilmoqda.  

Festival doirasida “Televideniye kanallari orqali efirga uzatilgan do‘stlikni tarannum etgan eng yaxshi ko‘rsatuv, reportaj” ijodiy ishlar tanlovi tashkil qilindi.  

Mazkur ijodiy loyihadan ko‘zlangan maqsad yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlarining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ular duch kelayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, xorijiy davlatlar bilan samimiy do‘stlik va ahil qo‘shnichilik tamoyillariga asoslangan munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashdan iborat.  

[gallery-18522]

Tanlov “Televideniye kanallari orqali efirga uzatilgan do‘stlikni tarannum etgan eng yaxshi ko‘rsatuv, reportaj” nominatsiyasi bo‘yicha o‘tkazildi. Tanlov uchun respublikamizning barcha hududlaridan 26 ta ijodiy ish qabul qilindi. G‘oliblar hay’at a’zoligiga hamkor tashkilotlardan taklif etilgan mutasaddi xodimlar tomonidan aniqlandi.  

Poytaxtimizdagi O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida  videoroliklar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.  

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi Rustambek Qurbonov yurtimizda 30 iyul – Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan tashkil qilingan Do‘stlik festivali O‘zbekistonning barcha hududlarida ko‘tarinki ruhda o‘tkazilayotganini e’tirof etdi. Shuningdek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash, do‘stlik muhitini va ko‘pmillatli oila tuyg‘usini mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar xususida ma’lumot berdi.  

Nominatsiyada g‘olib bo‘lgan 1-o‘rin sohibi 25 million so‘m, 2-o‘rin 20 million so‘m hamda 3-o‘rin sohibi 15 million so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, 5 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin sohiblari ham e’lon qilindi. Ular 10 million so‘mdan pul mukofotiga ega bo‘ldi. 

Bu kabi tadbirlar yurtimizda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni targ‘ib qilishda muhim ahamiyatga ega ekani e’tirof etildi.  

Anjuman doirasida tanlovda g‘olib bo‘lgan videoroliklar yig‘ilganlar etiboriga havola etildi.  

Nazokat Usmonova,  

Alimurod Mamadaminov (suratlar),  

O‘zA