Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Do‘stlik”mahallasiga suv keldi
09:58 / 2022-04-15

Xalqimizda “Suv keltirgan elda aziz”, degan hikmatli gap bor. Zero, hamma davrlarda ham suvni dalalar, bobodehqonlar ixtiyoriga yetkazib berish oson kechmagan. Yurt obodligi, dasturxonimiz to‘kinligiga sabab bo‘ladigan suvdan tejab-tergab foydalanish ham bir san’atdir.

Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, hududlarda bu boradagi muammolarni bartaraf etish, suvdan fuqarolarning unumli va o‘rinli foydalanishi uchun choralar ko‘rilmoqda. Bu boradagi ishlarni amalga oshirishda sektor rahbarlari tashabbus ko‘rsatmoqda.

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidagi “Do‘stlik” mahallasida yashovchi fukarolarning bundan bir necha yil oldin o‘rnatilgan ichimlik suvi yaroqsiz holatda ekanligi, natijada aholi qiynalib kelayotganligi haqidagi murojaati sektor rahbari tomonidan o‘rganilib, homiylar ishtirokida 90 million so‘m evaziga 2 hafta davomida 232 metr chuqurlikda suv qazish ishlari olib borildi. Natijada toza ichimlik suvi chiqarilishiga erishildi. Ekspert xulosasiga ko‘ra, suv ichish uchun yaroqli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Mahalladagi 200 xonadonda yashovchi 1136 nafar aholiga toza ichimlik suvi yetkazilishi ta’minlandi.

– Toza ichimlik suvi oltinga teng, – deydi Jamshid Bo‘riyev. – Shunday ulug‘ kunda aholini qiynab kelayotgan suv bilan bog‘liq muammo barham topdi. Muammolarimiz birin-ketin hal etilib, turmush sharoitimiz tobora yaxshilanib bormoqda. Endi bizning mahallamizda ham suv bor.

Umr shunday o‘tib borarkan, xalqqa qilingan yaxshilik asrlar osha yashaydi.

Ma’lumot o‘rnida: ushbu ichimlik suvini chiqarish Davlat dasturiga kiritilganida mutaxassislar tomonidan 450 million so‘m mablag‘ kerakligi hisoblangan. Hozir 360 million so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinishiga erishildi.

Nigina Shoyeva,
Jurnalist.