Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Do‘stlikda "Yoshlar istirohat bog‘i" foydalanishga topshirildi
09:10 / 2022-09-03

FOTOREPORTAJ

Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yillik tantanalari davom etayotgan shu kunlarda Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida “Yoshlar istirohat bog‘i” qaytadan rekonstruksiya qilinib foydalanishga topshirildi. Bu hudud yoshlariga chinakamiga bayram tuhfasi bo‘ldi.

Umumiy maydoni 3 gektarni o‘z ichiga olgan bog‘da bugungi kunda 9 ta zamonaviy attraksion va boshqa ko‘ngilochar loyihalar o‘rnatildi. Shu bilan birga umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari aholi ixtiyoriga topshirildi. Natijada 60 nafar ishsiz o‘g‘il-qizning bandligi ta’minlandi.

[gallery-8631]

Ochilish marosimida tuman hokimligi jamoatchilik vakillari hamrohligida yoshlarning maroqli hordiq chiqarishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdilar.

– Bog‘da loyihalarni amalga oshirish uchun tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan jami 2 milliard 85 million so‘mlik loyiha amalga oshirildi. Shundan imtiyozli bank krediti 1 milliard 721 million so‘mni tashkil etadi. 364 million so‘mi tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi, - deydi Do‘stlik tumani hokimi o‘rinbosari, investitsiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Ismat Qarshiboyev. – Bog‘ni rekonstruksiya qilishda sohadagi eng so‘nggi loyihalardan foydalanildi. Tuman markazining salqin hududida barpo etilgan maskanda aholi, ayniqsa, yoshlar va bolalarning miriqib hordiq chiqarishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

 

 
Jamshid YORBEKOV(surat),O‘zA