Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Do‘stlikda sport musobaqalari g‘oliblari aniqlandi
18:46 / 2026-02-25

FOTOREPORTAJ

Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida korxona, tashkilot va muassasalar xodimlari o‘rtasida sportning bir qator turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar yakuniga yetdi. Xususan, mini-futbol bo‘yicha “Hokim kubogi”, ayollar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i kubogi” hamda kurash bo‘yicha “Prokuror kubogi” bellashuvlari tashkil etildi.

Musobaqalarda 1 ming 500 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi, bellashuvlarni qariyb 10 ming nafar tomoshabin kuzatib bordi.

[gallery-27867]

Yakuniy natijalarga ko‘ra, ayollar o‘rtasidagi voleybol bahslarida tuman tibbiyot birlashmasi jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Mini-futbol musobaqasida 20-umumta’lim maktabi jamoasi g‘olib bo‘ldi. Kurash bahslarida esa kuchli polvonlar sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida tuman hokimi Shavkat Darvishev, tuman prokurori Samandar Razzoqov hamda tuman IIB boshlig‘i G‘ulom Mamatqulov ishtirok etdi. Jamoalarga medallar, diplomlar, esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari topshirildi.

Tadbir yakunida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, sport musobaqalarini tizimli ravishda davom ettirish, bellashuvlarni mahallalar kesimida tashkil etish belgilandi.

Jamshid YORBEKOV (surat), O‘zA