Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Do‘stlikda sayyor qabul
16:15 / 2025-03-14

Sirdaryo viloyati Do‘stlik tumanidagi Madaniyat markazida Jizzax viloyat sudlari hamda viloyatdagi Prezident Xalq qabulxonasi mas’ullari ishtirokida Arnasoy, Do‘stlik va Mirzacho‘l tumanlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda viloyat sudlari tomonidan jami 15 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Ularning 11 nafari fuqarolik, 1 nafari jinoyat hamda 3 nafari ma’muriy sudlarga oid masalalardir. Ana shu murojaatlarning 14 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, 1 tasi joyida ijobiy hal etildi.

Jumladan, sayyor qabulda fuqaro Sharofat Fozilovaning unga nisbatan soliq organi tomonidan qo‘llanilgan 3 million 750 ming so‘mlik jarima jazosining miqdorini kamaytirish haqidagi iltimosnomasi sayyor sud tartibida ko‘rib chiqildi va unga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 33-moddasi tartibida bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.  

O‘tkazilayotgan bu kabi sayyor qabullar, eng avvalo, inson manfaatlari uchun xizmat qilmoqda. Zero, bugun qaysi sohada bo‘lmasin odamlarni rozi qilish davlat idoralari faoliyatining bosh maqsadi bo‘layotir.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari