Do‘stlik va hamkorlik ramzi (video)
Samarqandning diqqatga sazovor go‘shalari, tarixiy obidalari ulug‘vorligi va betakrorligi bilan dunyo sayyohlarini o‘ziga jalb etib keladi. Xususan, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik, hamkorlik, qolaversa, ulug‘ mutafakkir Konfutsiy dahosiga ehtirom ramzi sifatida bunyod etilgan Konfutsiy xiyoboni ko‘hna shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turibdi.
[gallery-15620]
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2019 yilda tashkil etilgan xiyobon Xitoy madaniyati va tarixini o‘zida mujassam etgan. Xiyobonni yaratishda Xitoy me’morchiligi an’analari va landshaft dizayniga alohida e’tibor qaratilgan. Yog‘och ayvonlar, tungi yoritgichlar – barcha-barchasi Xitoy arxitekturasi bo‘yicha amalga oshirilgan. Ilm ummonida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan Konfutsiy yetukligining betakror kompozitsiyasi sifatida bunyod etilgan xiyobon yosh avlodni ma’rifatga undovchi muazzam manzildir.
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/Ekmx5mHRPDI" title="Doʻstlik va hamkorlik ramzi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
Alisher ISROILOV(surat),O‘zA