Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Do‘stlik kuni keng nishonlandi
16:42 / 2025-07-31

30 iyul – Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan Buxoroda tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlari, keng jamoatchilik vakillari, milliy madaniy markazlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.

Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari Botir Shahriyorov so‘zga chiqib, viloyatda istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillarini chin qalbimdan samimiy muborakbod etdi. 

[gallery-24555]

Ta’kidlanganidek, yurtimizda qadim-qadimdan turli millat va xalqlar ahil-inoq, birodarlik va hamjihatlikda yashab kelgan. Bugun esa, Yangi O‘zbekistonda xalqlar do‘stligi, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik ustuvor darajaga ko‘tarildi. Yurtimizda yashab kelayotgan 130 dan ziyod millat va elat vakillari o‘z madaniyati, urf-odati, an’anasi va tilini erkin rivojlantirish uchun teng huquq va keng imkoniyatlar yaratilgan.

Buxoro viloyatida 12 ta  milliy madaniy markazlar faoliyat olib bormoqda. Ushbu markazlar faoliyati nafaqat xalqlar o‘rtasidagi ma’naviy ko‘prikni mustahkamlash, balki yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda ham muhim o‘rin tutadi.

Bayram tadbirida yurtimizda millatlararo munosabatlarni mustahkamlashda qo‘shgan hissasi uchun milliy madaniy markazlarning faollari va hamkor tashkilotlar xodimlaridan bir guruhi viloyat hokimligining tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.