Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Do‘stlik kubogi uchun” musobaqa o‘tkazildi
15:49 / 2024-07-19

Ayni kunlarda mamlakatimiz hududlarida Qirg‘iziston madaniyati kunlari o‘tkazilmoqda. Madaniyat kunlari doirasida Andijon viloyatining Xonobod shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respublikalarining 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar va qizlari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “Do‘stlik kubogi uchun” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Qizlar o‘rtasida o‘tgan uchrashuv qiziqarli va shiddatli kechdi. Unda hamyurtlarimiz qo‘li baland keldi: O‘zbekiston – Qirg‘iziston 3:2. O‘g‘il bolalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bellashuvda esa yigitlarimizga ozgina omad kelmadi: O‘zbekiston – Qirg‘iziston 2:3.

[gallery-18335]

Umuman olganda, ushbu ikki qardosh xalqlar sportchilari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarda do‘stlik g‘alaba qozondi, deyishimiz mumkin.

Qizg‘in tarzda o‘tkazilgan musobaqalardan so‘ng Sport vazirligi bo‘lim boshlig‘i Sh. Olimov,  O‘zbekiston voleybol federatsiyasi rais o‘rinbosari J. Fayziyev hamda Andijon viloyati sport boshqarmasi rahbariyati tomonidan har ikkala jamoa a’zolariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zA suratlari.