Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Do‘stlik" festivali tadbirlari bo‘lib o‘tadi
15:12 / 2025-07-18

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yurtimizda 30 iyul – Xalqlar do‘stligi kuni sifatida keng nishonlanadi.

Sana munosabati bilan joriy yilning 25-31 iyul kunlari mamlakatimiz bo‘ylab "Do‘stlik" festivali tadbirlari bo‘lib o‘tadi.    

Festival doirasida bir hafta davomida respublikamizning barcha viloyatlari va Toshkent  shahridagi nufuzli san’at saroylari, teatrlar, konsert zallari, tomosha maydonlari va so‘lim xiyobonlari hamda bog‘larida turli madaniy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy, qiziqarli bayramona tadbirlar o‘tkaziladi.  

Konsert dasturlari, adabiyot olamida milliy va umummilliy qadriyatlar tarannumi aks etgan badiiy asarlar talqini haftalik bezagi bo‘ladi.  

"Do‘stlik" festivali – O‘zbekiston Respublikasining Millatlararo munosabatlarga doir davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyatini aks ettiruvchi voqelik.  

"Do‘stlik" festivali dunyo ahlini totuvlik va hamjihatlik haqida jiddiy o‘ylashga chorlovchi tashabbus sifatida yurtdoshlarimizda katta taassurot qoldirishi shubhasiz.  

N.Usmonova,  

O‘zA