French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Do‘stlar diydorlashdi
14:49 / 2021-01-22

1991 yil poytaxtimizning Hamza tumanidagi 206-maktab qoshida tashkil etilgan sobiq “Do‘stlik” baynalmilal klubiga dastavval maktab o‘quvchilari, so‘ng shahar yoshlari va talabalari, keyinchalik esa barcha viloyatlarning turli millat vakillaridan iborat ko‘ngilli yoshlari a’zo bo‘lgan.

Klubga ushbu maktabning rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi hamda psixologi Alima Qurbonboyeva rahbarlik qilib, klub a’zolarining har biriga onalarcha mehr, bilim, kelajakka ishonch motivatsiyasini bergan. Yoshlarga do‘stlikni qadrlash, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lishni o‘rgatgan.  

Klub a’zolari, shuningdek, Butunittifoq baynalmilal do‘stlik klublari a’zolari bilan ham do‘stlashgan. Ular o‘zaro xat orqali muloqot qilgan. Barcha millat vakillari o‘z yozishmalarida milliy urf-odatlari, an’analar haqida o‘rtoqlashgan, millatlararo totuvlikni mustahkamlashga hissa qo‘shgan.

Butunittifoq baynalmilal do‘stlik klublari a’zolari “Do‘stlik” festivalida diydorlashgan. Festivalda yoshlar o‘z milliy liboslarida ishtirok etib, xalq qo‘shiq va raqslarini ijro etgan. Bunday uchrashuvlar yoshlarning milliy va madaniy dunyoqarashini kengaytirib, boshqa millatlarga bo‘lgan hurmatini oshirishga xizmat qilgan.  

[gallery-877]

1994 yilning mart oyida o‘tkazilgan do‘stlik festivaliga Toshkent shahri mezbonlik qilgan. Unda mamlakatimiz vakillari bilan birga Chexiya, Hindiston, Mongoliya, Belarus, Latviya, Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston davlatlaridan 25 ta delegatsiya qatnashgan.  

Sobiq “Do‘stlik” klubi a’zolari hozir ham tez-tez uchrashib, diydorlashib turadi. Bu safar ular klubning 30 yilligini nishonlash uchun to‘plandi. Do‘stlarning samimiy, yorqin xotiralarga boy suhbati ortda qolgan yoshlikning unutilmas onlarini yodga soldi.  

 

Oqil G‘ulomov (surat), O‘zA