Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Do‘stlar diydori”
13:35 / 2025-03-24

Tojikiston Respublikasining Xo‘jand shahrida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi, taniqli grafik rassom Asliddin Kalonovning grafik asarlardan iborat "Do‘stlar diydori" nomli shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi hamkorlik xalqlarimizning asrlar davomida shakllangan yaqin qo‘shnichilik, bir-birini qo‘llab-quvvatlash va do‘stlik munosabatlarini mustahkamlash hamda kengaytirishga intilishini mujassam etadi.

Ikki mamlakat ham o‘zaro samarali hamkorlikni yanada kengaytirish, iqtisodiy sohada qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va madaniy aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor.

Shunga ko‘ra, Xo‘jand shahridagi  “Somoniyon” san’at galereyasida taqdim etilgan ko‘rgazmaning ochilish marosimida So‘g‘d viloyati hokimi Firdavs Sharifzoda  ishtirok etib, rassomni tabrikladi, bu kabi tadbirlar ikki xalq o‘rtasida do‘stu birodarlikni yana-da mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

A.Kalonovning 60 dan ziyod grafik asarlari namoyish etilayotgan mazkur ko‘rgazma ochilishida O‘zbekiston xalq rassomlari va  Badiiy akademiya akademiklari Fayzulla Axmadaliyev,  Rustam Xudayberganov, Alisher Aliqulov qatnashdi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA