Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Do‘st kim, dushman kim?.. (+video)
11:31 / 2025-10-08

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kutilmagan holatdan hayratini yashira olmayapti. U Rossiya qurol-aslahasi uchun o‘ziga ittifoqdosh va do‘st sanagan Yevropa davlatlari va AQSHda ishlab chiqarilgan ehtiyot qismlar qo‘llanayotganiga amin bo‘ldi.

Eng ajablanarlisi, Rossiya– Ukraina ziddiyati boshlanganiga to‘rt yil to‘lishi arafasida hamon Moskva G‘arbda ishlab chiqarilgan harbiy qurol qismlarini olyapti. Bu haqda Zelenskiy ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qildi. Shuningdek, gapining isboti sifatida misollar ham keltirdi.

– 5 oktyabrga o‘tar kechasi Ukrainaga qarshi amalga oshirilgan keng ko‘lamli hujum vaqtida Rossiya 549 zarba vositasidan foydalandi, – deydi u. – Jami aslaha tarkibida xorij kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan 102 785 qism mavjudligi aniqlandi.

Ukraina rahbari ma’lum qilishicha, raketa va dron uchun konverter, matritsa, analog-raqamli o‘zgartirgich RFga AQSH kompaniyalari tomonidan yetkazib berilmoqda. Har bir “Shahid” dronida Xitoy va Tayvan harbiy sanoatiga tegishli kamida 50 turdagi mitti elektronika unsuri mavjud. Rossiya ishlab chiqarayotgan o‘zi uchar uchoqlarga Shveysariyada ishlab chiqilgan mitti nazorat qismlari o‘rnatiladi. Parvozni boshqaruvchi mitti kompyuterlar esa Buyuk Britaniyada tayyorlanadi. Rossiya qanotli raketalari uchun qoplovchi qurilmalar Yaponiya, elektr o‘tkazgich qismlar Germaniyaga mansub. Shuningdek, RF Niderlandiya hamda Janubiy Koreyada yasalgan moslamalardan ham foydalanmoqda. Ta’kidlanishicha, Ukraina Rossiyaga yordam bergan shaxs va kompaniyalarga nisbatan sanksiya joriy etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Sanksiyani aylanib o‘tish zanjirini uzish juda muhim, chunki RF bunday sxemadan odamlarni halok qilish uchun foydalanmoqda, – degan Zelenskiy. –Buning imkoni bor.

Eng qizig‘i,Ukraina yetakchisi muammoni G7 a’zo-davlatlari bilan bamaslahat, tizimli hal qilinishi, Rossiyaga ehtiyot qism yetkazishda davom etayotgan davlatlarga nisbatan keskin sanksiya qo‘llanishini aytgan. 

Ajablanarlisi, Kiyevga nisbatan zimdan ish qilayotgan mamlakatlar orasida G7 tarkibidagi Yevropa mamlakatlari ham bor-da? 

Zelenskiy aynan shu davlatlar bilan birga sanksiya tizimini ishlab chiqmoqchi. Shunda ayrim davlatlar o‘zlariga qarshi sanksiya kiritadimi?

Tushunarsiz...

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/mvm_ZIceiJc" title="Do‘st kim, dushman kim?.." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov,

 Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA