Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dorishunoslar fikr almashdi
11:23 / 2020-11-14

Toshkent farmatsevtika institutida "Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

AQSH, Kanada, Janubiy Koreya, Germaniya, Rossiya, Ukraina, Hindiston, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalarida faoliyat yuritayotgan farmatsevtika sohasi bo‘yicha oliy ta’lim mutaxassislari, korxonalar vakillari onlayn tarzda tadbirda ishtirok etdi.

Ishtirokchilar farmatsevtika yo‘nalishida o‘zlari olib borayotgan tadqiqotlar haqida ma’ruzalar qilishdi.

Tadbirdan maqsad farmatsevtik ta’lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish, hamkorlikning yangi shakllarini ishlab chiqish, farmatsiya sohasidagi so‘nggi yutuqlarni amaliyotga joriy qilishdir.

Gulnoza Boboyeva,  O‘zA