Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dorilomon kunlar umrimizga umr qo‘shmoqda
14:29 / 2022-05-07

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi To‘lanboy ota Shokirov bir asrlik umr dovoniga yaqinlashmoqda.

Har yili 9 may – Xotira va qadrlash kuni bayrami arafasida fayzli xonadon qavm-qarindoshlar, mahalla ahli bilan gavjum bo‘ladi, urush faxriysi mehmonlarga unutilmas xotiralaridan so‘zlab beradi. Tumandagi 4-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktab-internati va 19-umumta’lim maktablari o‘quvchilarining bu galgi tashrifi To‘lanboy ota Shokirovni behad sevintirdi. 

– Bolalarim, endi hech qachon urush bo‘lmasin, – deya otaxon o‘quvchi-yoshlarni tinchlikning qadriga yetishga chorladi. — Umrimizning navqiron yillari urush va uning asoratlarini tugatish davriga to‘g‘ri keldi. Shukrki, bugungi dorilamon kunlar shukuhidan bahramand bo‘lib yashash umrimizga umr qo‘shmoqda. Prezidentimizning biz, urush qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risidagi farmonini televizorda eshitib, rosa sevindim. Hamisha xalqimizning, davlatimizning e’tibor va g‘amxo‘rligi og‘ushida umrguzaronlik qilayotganimizga ming bora shukr aytaman. 

M.Sulaymonov, O‘zA