Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dorilarni retseptsiz sotayotgan dorixona aniqlandi
15:30 / 2026-01-22

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda dori vositalarini shifokor retseptisiz sotayotgan dorixona aniqlandi.

Jumladan “Q.D.” mas’uliyati cheklangan jamiyati dorixona provizori O‘.A. fuqaro M.X.ga “Karbamezepin” va “Dimedrol” (in’eksiya uchun) nomli dori vositalarini shifokor retseptisiz sotganligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida provizor O‘.A. hisobga olish daftariga soxta ma’lumotlarni kiritish orqali psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini ortiqcha chiqim qilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri