Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dorilar narxi oshirib sotilsa, xarid cheki orqali agentlik bundan avtomatik tarzda xabar topadi
16:12 / 2023-05-04

2023 yil 1 maydan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan dorilar uchun dorixonalar tomonidan beriladigan xarid chekining fiskal belgisi soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilganda dorilar narxlari Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining axborot tizimidagi dori vositalarining chakana referent narxlari bilan avtomatik tarzda solishtiriladi.

Dorilarning chakana narxlariga belgilangan ustamalar oshirib qo‘llanilganligi aniqlangan taqdirda, bu haqida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish uchun maxsus vakolat berilgan davlat organiga avtomatik ravishda xabar yuboriladi.

Xarid cheki bo‘yicha narx dorining chakana referent narxidan ortiq deb topilganda, huquqbuzardan jarima undiriladi.

O‘zAning shu kabi qisqa videolarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida kuzatib boring.

<iframe width="469" height="833" src="https://www.youtube.com/embed/Ijg88W9IjsU" title="Dorilar narxi oshirib sotilsa, xarid cheki orqali agentlik bundan avtomatik tarzda xabar topadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Farrux Xudoyorov, Iskandar Ismatov (video), O‘zA