Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining tezkor tuzilmasi, DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar hamkorligida Toshkent shahri Bektemir tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Oldindan tezkor kuzatuvga olingan, Qo‘qon-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan fuqaro O.B. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi Bektemir tumani hududida belgilangan tartibda to‘xtatildi.

Ushbu avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilganda yukxonasida fuqaro N.ga tegishli bir dona 10 litr hajmdagi qandolat mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladigan mahsulot idishining ichidagi krem ostiga yashirilgan 3 turdan iborat, 79 dona “Tropikamid” nomli va 168 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi hamda 600 dona “Tramadol” nomli tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sh. Suyarov, O‘zA