Belgilangan me’yorlarga rioya qilinmagan holda tayyorlangan dori vositalari sifatsiz sanalib, kasallikni yanada kuchaytirishi, hatto o‘lim holatiga olib kelishi mumkin.
Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgan ayrim shaxslarning qing‘ir ishlari o‘z vaqtida fosh qilinmoqda.

Jumladan, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan oldindan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan Urganch shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, fuqaro M.A boshqaruvidagi «Nexia-2» rusumli avtoulov to‘xtatilgan.
Xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida avtoulovning orqa o‘rindig‘ida sotish maqsadida olib ketilayotgan tegishli hujjatlari bo‘lmagan qiymati 75,7 mln. so‘mlik jami 475 dona flakonda “Sefproks-NEO” yozuvli va 1325 dona flakonda “Geparin-NEO” yozuvli dori vositalari borligi aniqlandi.

O‘zA