Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishini oldi olindi
14:18 / 2022-01-26

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar B.U. va E.R.larning oldindan til biriktirib, kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritayotganligi aniqlandi.

Qonunbuzarlar fuqaro M.ga 1 008 dona “Regapen” nomli dori vositasini 23 mln. so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Tadbir yakunida ulardan jami 1 120 dona “Regapen” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, departamentning Oqqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “E.” MCHJ rahbari U.I. va boshqalar xorijda ishlab chiqarilgan jami 10 ming dona “AZBACT-500” nomli dori vositalarini fuqaro M.ga 60 mln. so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 

O‘zA