English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dori vositalarining narxlari arzonlashadi
13:30 / 2026-02-04

Shu yilning yil 1 martidan dorilar narxlari 40-60 foizga arzonlashadi. 1 iyuldan esa yana 4 ming nomdagi dori vositalarining narxini tushirish rejalashtirilgan.

Bu haqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Anvarxon Akabirov ma’lumot berdi:

– 2025 yilda respublika bo‘yicha qiymati 136 million dollar bo‘lgan 48 ta yangi loyiha ishga tushirilib, 2 441 nafar yangi ish o‘rni yaratildi. Ushbu loyihalar doirasida jami 392 million dollar investitsiya o‘zlashtirildi, shundan 92 foizi xorijiy investitsiyalar bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 2,3 barobarga o‘sdi.

Hududlarda jami 878 million dollarlik 39 ta loyiha, shu jumladan “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasterida 407 million dollarlik 13 ta loyiha joylashtirildi.

Farmatsevtika klasterida loyihalar soni 32 taga yetdi va ularning umumiy qiymati 981 million dollarni tashkil etadi.

Jumladan, 1 ta loyiha ishga tushirildi, 20 tasida qurilish ishlari, 11 tasida esa loyihalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Respublikadagi farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalarida 9,4 million dollarlik 5 ta loyiha ishga tushirildi, shuningdek, 98,9 million dollar qiymatidagi 17 ta yangi investitsiya loyihasi joylashtirildi.

Tarmoq korxonalari tomonidan 7,3 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Bu ishlab chiqarish hajmi miqdor jihatidan 128 foizga, qiymat jihatidan esa 1,5 barobarga o‘sganini ko‘rsatadi.

46 ta mahalliy korxona tomonidan import o‘rnini bosishga qaratilgan 639 turdagi dori vositalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu ko‘rsatkich avvalgi davrga nisbatan 2,7 barobarga oshdi.

Umumiy nomlanishlar soni 6 400 tadan oshdi, mahalliylashtirish dasturi doirasida esa 1,4 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi, ya’ni 1,9 barobar o‘sish qayd etildi.

Eksport hajmi 220 million dollarga yetdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 125 foiz o‘sishni tashkil etdi. Eksport amalga oshirilayotgan davlatlar soni 55 taga yetdi.

Jumladan, eksport hajmi BAAga 4 barobar, Afg‘onistonga 4 barobar, Polshaga 4 barobar, AQSHga esa 8 barobargacha oshdi.

Yangi investitsiya loyihalarini jalb qilish maqsadida 700 dan ortiq xorijiy kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Narxlari sun’iy ravishda oshirilgan 2 ming nomdagi import dori vositalarining referent narxlari qayta belgilab chiqildi.

Dori vositalari va tibbiy jihozlar sifatini ta’minlash hamda ma’muriy to‘siqlarni qisqartirish maqsadida 19 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi.

“Romfarm NS” mahalliy korxonasi tomonidan qiymati 20 million dollarga teng 130 turdagi import dori vositalarini texnologiyalar transferi asosida ishlab chiqarish bo‘yicha 10 ta shartnoma imzolandi.

2025 yil oktyabr oyida Germaniyada bo‘lib o‘tgan “CPHI Frankfurt 2025” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida texnologiyalar transferi yo‘nalishida 20 ta xalqaro shartnoma tuzildi.

Farmatsevtik inspeksiyalarni o‘tkazish tartibi PIC/S xalqaro tashkiloti talablari asosida qayta ko‘rib chiqilmoqda.

2025 yilning dekabr oyida O‘zbekistonning PIC/S tashkilotiga a’zo bo‘lishi uchun rasmiy ariza topshirildi.

Bugungi kunda tashkilot tarkibiga 50 dan ortiq davlat, jumladan AQSH, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Yaponiya va Janubiy Koreya a’zo hisoblanadi.

Mohigul Qosimova, O‘zA