French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dori vositalari noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi
12:01 / 2023-03-24

Fuqaro N.M. dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, o‘zining “Spark” rusumli avtotransport vositasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 271,8 million so‘mlik 9 turdagi jami 17 ming 904 dona dori vositalarini Toshkent shahriga o‘tkazish maqsadida olib kelayotgani aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fosh etilgan holat bo‘yicha dorilar  ashyoviy dalil sifatida olingan.  

Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

 

O‘zA