Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dopingga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konvensiyada o‘zbekistonlik mutaxassislar ham qatnashmoqda
18:36 / 2023-10-25

Fransiya poytaxti Parijda joylashgan YUNESKO Bosh qarorgohida sportda dopingga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konvensiyaga a’zo davlatlarning IX sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sodiqov rahbarligidagi mamlakatimiz mutaxassislari ham ishtirok etmoqda.

Sessiyada konvensiyaga bir qator muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalalari muhokama qilinmoqda. Shuningdek, sportda dopingga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konvensiyada belgilangan vazifalarning mamlakatlarda amalga oshirilishi yuzasidan monitoring natijalari ko‘rib chiqildi.

Sof va shaffof sport bellashuvlarini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada qat’iylashtirish, dopingga qarshi kurash bo‘yicha ishlab chiqilgan xalqaro va milliy qonunchiliklardagi mutanosiblikni yanada takomillashtirish yo‘nalishlari muhokama qilinmoqda.

IX sessiya 27 oktyabrga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA