Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Donorlikning qanday foydali jihatlari bor? (+video)
19:15 / 2025-06-05

Qon va uning tarkibiy qismlari hayot va salomatlik manbai bo‘lib, bemor insonlar salomatligini saqlashda hal qiluvchi o‘rin tutadi. Tibbiyotda qon guruhlari bo‘yicha qon zaxiralarini shakllantirib qo‘yish muhim hisoblanadi. Chunki turli vaziyatdagi bemorlar uchun qonga zarurat tug‘ilganda zaxira qon mavjud bo‘lishi bemorning hayoti va salomatligini asrab qolishda dolzarb ahamiyatga ega.

Bu borada yurtimizda aholi o‘rtasida beg‘araz yordam muhitini kuchaytirish, donorlik madaniyatini shakllantirish, qon zaxirasini to‘ldirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, donorlik qilish savobli ish, shu bilan birga, insonning o‘zi uchun, salomatligi uchun ham foydalidir. 

Donorlik harakatining ahamiyati, uning foydali jihatlari, shu bilan birga, donor bo‘lishning tartib-qoidalari haqida mutaxassis fikrlari bilan qiziqdik. Respublika qon quyish markazi bo‘lim mudiri Zulfiya Ismoilova bu haqda batafsil gapirib berdi. 

Mutaxassisning aytishicha, donor “hadya beruvchi” degan ma’noni anglatadi. Qon donori 18 yoshdan yuqori O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, vazni 50 kgdan ortiq bo‘lgan, surunkali kasalliklari bo‘lmagan, sog‘lom inson bo‘lishi kerak. Ayollarda qon gemoglobin miqdori 120 g/l, erkaklarda esa 128-130 g/l dan baland bo‘lishi talab etiladi. 

Donor ayollar 350-400 mg dan har 3 oyda yiliga 4 marta, erkak donorlar esa har 2 oyda yiliga 5-6 marta qon topshirishi mumkin. Tanada topshirilgan qonning o‘rni 48 soatda qoplanadi. 

Olimlar orasida qon donorlari boshqalarga nisbatan 5 yil ko‘p umr ko‘radi, degan qarashlar bor. Bu bejiz emas. Chunki qon topshirgan insonlarda qonning yangilanishi, immunitet kuchayishi, yengillik kuzatiladi. Natijada ular kasallikka kamroq chalinadi. Shuningdek, qon quyish markazlarida donorlar uchun qon tahlili natijalari bepul bo‘ladi. 

PS: Batafsil quyidagi videohavolada!

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/QpanSug2gO8" title="Donorlikning qanday foydali jihatlari bor?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Komilova, D.Yakubov, I.Ismatov (video), O‘zA