Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Donorlik – beg‘araz va savobli ish
16:34 / 2023-12-02

Mamlakatimizda barcha sohalar kabi donorlik tizimini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston “Adolat” SDP tashabbusi bilan 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni arafasida “Bor mehrimiz senga, bolajon” shiori ostida beg‘araz donorlik aksiyasi o‘tkazildi.

Partiyaning Toshkent viloyat Kengashi  ham mazkur aksiyada  faol qatnashdi. Olmaliq shahar qon qo‘yish bo‘limi, Chirchiq shahridagi Toshkent viloyati qon quyish stansiyasi hamda Yangiyo‘l shahar tibbiyot birlashmasida ko‘plab yurtdoshlarimiz saxovatli ishga bosh qo‘shdilar.  

Aksiyada O‘zbekiston “Adolat” SDP Toshkent viloyati Kengashi xodimlari, Xalq deputatlari viloyat tuman va shahar Kengashlari deputatlari, shahar va tuman Kengashlari raislari, partiya faollari, mudofaa ishlari boshqarmasi, ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi xodimlari, yoshlar va ko‘ngillilar ishtirok etdi.  

Beg‘araz donorlik aksiyasida turli kasallik yoki baxtsiz hodisalar ortidan qon almashtirishga muhtoj bo‘lgan bemor bolalarga yordam ko‘rsatish, hayotga qaytishiga ko‘mak berish hamda sog‘ayib ketishiga hissa qo‘shishdek xayrli va savobli ishga bel bog‘lagan yuzdan ortiq partiya xayrixohlari ixtiyoriy ravishda qon topshirdi.  

Aksiya ko‘ngillilarni birlashtirib, insonparvarlik va mehr-oqibat namunalarini o‘zida aks ettirgan holda bolajonlar uchun chin ma’noda g‘amxo‘rlik belgisi bo‘ldi.  

A.Musayev, O‘zA muxbiri.