Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Donni qabul qilish va omborlardan chiqarish bo‘yicha d-xarid.uz axborot tizimi ishga tushiriladi
10:13 / 2022-05-30

Prezidentimizning joriy yilning 28 mayda «G‘allani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2022 yil hosilidan sug‘oriladigan maydonlarning har gektaridan o‘rtacha 2,5 tonnadan jami 2 550 ming tonna bug‘doyning, 783,5 ming tonnasi tovar bug‘doy davlat resursi sifatida hamda 266,5 ming tonnasi urug‘lik uchun Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xarid qilinadi.

500 ming tonnasi fermer xo‘jaliklari hamda boshqa g‘alla yetishtiruvchilar tomonidan keyinchalik birja savdolarida sotish uchun Jamg‘armaning tijorat vakilida vaqtinchalik saqlashga qabul qilinadi. 

2022 yil hosili uchun bug‘doy yetishtiruvchilardan tijorat vakilida vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilingan tovar bug‘doy 2022 yilning iyul-avgust oylarida birja savdolari orqali sotiladi.

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xarid qilingan va bug‘doy yetishtiruvchilardan vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilingan:

3 va undan yuqori sinflardagi bug‘doy – birjadan xarid qilingan bug‘doyning 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi unni birja savdolari orqali sotish majburiyatini olgan, un ishlab chiqarish quvvatlariga ega tadbirkorlarga;

4- va 5-sinflardagi bug‘doy – barcha tadbirkorlarga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan grafik asosida birja savdolari orqali hech qanday cheklovlarsiz sotiladi.

Olis, borish qiyin bo‘lgan va tog‘li hududlarga un va un mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha transport xarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi.

Qarorga ko‘ra, donni qabul qilish va omborlardan chiqarish jarayoni tezkor va shaffof amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida d-xarid.uz axborot tizimi ishga tushiriladi.



O‘zA