Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Doniyor Rahimov : Saylovda ilk bor Vatanimiz ravnaqi, xalqimizning farovon hayoti va yoshlar kelajagi uchun o‘z qarorimni qabul qildim
11:20 / 2021-10-24

Bugun mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tmoqda.

Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 405-saylov uchastkasida ertalabdan ovoz berish jarayoni uyushqoqlik bilan boshlandi.

Ushbu saylov uchaskasida  2 ming 666 saylovchi ro‘yxatga olingan. Ular orasida saylovda ilk bor ovoz berayotgan saylovchilar 18 nafarni tashkil etadi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti birinchi kurs talabasi Doniyor Rahimov  ham saylovda ilk bor qatnashmoqda.

- Bugun poytaxtimizdagi 405-saylov uchastkasida  ilk fuqarolik burchimni bajardim,- dedi D.Rahimov. - Saylovda o‘z nomzodimga ovoz berar ekanman, bu menga g‘urur va iftixor baxsh etishi qatorida o‘zimni jamiyat uchun kerakli fuqaro ekanimni his qildim. Demak,  o‘qish va jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etishimga bu jarayon turtki berdi. Ochig‘ini aytsam, men uchun bu yil omadli keldi. Shu yili Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti talabasi bo‘ldim.  Bugun esa birinchi marotaba shunday siyosiy voqea ishtirokchisiman, ya’ni men Prezident saylovida Vatanimiz ravnaqi, xalqimizning farovon hayoti va yoshlar kelajagi uchun o‘z qarorimni qabul qildim.

 

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA