Doniyor Ahmedov Tailandda oltin medal sohibiga aylandi
Para yengil atletika bo‘yicha terma jamoamiz shu kunlarda Tailandning Nakxonratchasima shahrida o‘tayotgan xalqaro musobaqada ishtirok etmoqda.
Turnirning erkaklar o‘rtasidagi “T13” klassida o‘tkazilgan uzunlikka sakrash bahslarida hamyurtimiz Doniyor Ahmedov eng yuqori natijani qayd etib, shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Ma’lumot uchun, ushbu musobaqa 20 yanvar kuniga qadar davom etadi. Shuningdek, para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari joriy yilgi mavsumda Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi musobaqalar taqvimidan o‘rin olgan 7 ta xalqaro Gran-pri hamda 1 ta jahon chempionatida ishtirok etadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA