Donald Trampga suiqasd qilishga uringan shaxsga hukm o‘qildi
“CNN” xabariga ko‘ra, saylovoldi kampaniyasi davrida Donald Trampga suiqasd qilishga uringani uchun Rayan Rautga Florida shtati federal sudi hukm chiqardi.
Ma’lumki, Raut 2024 yil 15 sentyabrda “West Palm Beach”dagi Tramp joylashgan golf klubi yaqinida qo‘lga olingandi. U o‘qotar qurol bilan butalar orasida yashiringan, ammo maxfiy xizmatchilar uni payqab, qochishga uringanida hibsga olgan.
2025 yil 23 sentyabrda sud Rautni prezidentlikka nomzodni o‘ldirishga uringanlik, federal xizmatchiga hujum qilish hamda yana uchta band bo‘yicha aybdor deb topdi.
Advokat hukm chiqaruvchilardan Rautga nisbatan qurol va o‘q-dorilarni noqonuniy saqlagani uchun yengilroq jazo — 20 yil qamoq tayinlashni so‘ragan, ammo sud iltimosni rad etib, umrbod qamoq jazosi tayinlagan.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA