Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Donald Tramp va Vladimir Zelenskiy uchrashuvi ko‘pgina mavzuga oydinlik kiritdi
15:28 / 2019-09-26

Nyu-Yorkda AQSh prezidenti Donald Trampning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.


Nyu-Yorkda AQSh prezidenti Donald Trampning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu ikki mamlakat yetakchilarining birinchi rasmiy uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuv iyul oyida Trampning Zelinskiyga qilgan telefon qo‘ng‘irog‘i bilan bog‘liq AQShdagi mojaro fonida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida Ukraina prezidenti bayonot berib, korrupsiyaga qarshi kurash, Ukrainaning hududiy yaxlitligini qayta tiklash va mamlakat sharqidagi urushni to‘xtatish ustuvor masala ekanligini ta’kidladi. Zelenskiyning ma’lum qilishicha, Ukrainada aksilkorrupsiya sudi ish boshladi.

Tramp Ukrainada korrupsiyaga barham berish yo‘lida Zelenskiy tomonidan olib borilayotgan sa’y-harakatlarga yuqori baho berdi. Tramp shuningdek, Rossiya va Ukraina yetakchilari uchrashib, mavjud muammolarni bartaraf etishlariga umid bildirdi. AQSh prezidentining so‘zlariga qaraganda, bu kabi muzokaralar juda katta yutuq bo‘lardi.  Zelenskiy AQShga yordam so‘rab emas, balki qo‘llab-quvvatlashga erishish uchun kelganini ta’kidladi.

Iyul oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlarning telefon suhbati va Oq uy tomonidan chorshanba kuni e’lon qilingan stenogramma haqida gapirgan Zelenskiy qo‘ng‘iroq vaqtida Tramp tomonidan bosimga uchramagani va unga biror bir va’da bermaganini ma’lum qildi.

Gap bu yerda telefon suhbati chog‘ida prezident Trampning AQSh sobiq vitse-prezidenti Djo Baydenning o‘g‘lini Ukrainadagi faoliyatini tergov qilishga qaytish borasida taklifi xaqida ketmoqda.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon suhbati tufayli AQSh prezidentiga impichment borasidagi demokratlarning da’vati – bu “kulgili“. Bu haqda Nyu-Yorkda matbuot vakillari bilan uchrashuvda Donald Tramp bayonot berdi.

Oq uy rahbari yana sobiq AQSh vitse-prezidentini va saylovlarda o‘zining ehtimoliy raqibi bo‘lmish Djo Baydenni tanqid qildi. Uning o‘g‘li Xanter Bayden Ukrainada ishlagan, AQSh prezidentining so‘zlariga qaraganda, u korrupsiyaga aloqador.

Trampning aytishicha, Zelenskiy Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurashmoqda. Shu bilan birga Trampning opponentlari bo‘lmish demokratlar go‘yoki Ukraina prezidentiga, agar u ma’lum talablarni bajarmaydigan bo‘lsa u holda Ukrainaga moliyaviy yordam muzlatilishi borasida po‘pisa qilgan. Tramp bu boradagi tafsilotlarni oshkor qilmadi.