Donald Tramp: “Odamlarni COVID bilan qoʻrqitish orqali Baydenning korrupsiyaga oid ishlaridan chalgʻitilmoqda”
Uning chiqishi “Fox News” orqali translyatsiya qilingan. Prezident Amerika mediasi odamlarni pandemiya bilan qoʻrqitishga haddan ortiq kirishib ketganini aytdi.
Qoʻshma shtatlardagi liberal axborot manbalari demokratlardan prezidentlikka nomzod Jo Baydenning korrupsiyaviy sxemalarini yashirishga urinmoqda, dedi amaldagi prezident Donald Tramp Ogayo shtatidagi Sekvill shahridagi saylovoldi uchrashuvida.
Uning chiqishi “Fox News” orqali translyatsiya qilingan. Prezident Amerika mediasi odamlarni pandemiya bilan qoʻrqitishga haddan ortiq kirishib ketganini aytdi.
“Yangiliklarda faqat COVID, COVID, COVID ... ular odamlarni qoʻrqitish orqali Baydenning korrupsiyaga oid ishlaridan chalgʻitmoqda”, dedi Tramp.