Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Donald Tramp mamlakat kongressi tomonidan ma’qullangan qonun loyihasini rad etdi
09:54 / 2020-12-24

Pandemiya sharoitida mamlakat iqtisodini qo‘llab quvvatlash bo‘yicha kongress tomonidan ma’qullangan qonun loyihasi AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan rad etildi.

“REGNUM” xabarida aytilishicha, Tramp bu haqda fikr bildirib: “Menga taqdim etiluvchi qonun loyihasi kutilgan holatidan juda katta farqlanadi. Bu sharmandalik”, dedi Tramp Twitter orqali berilgan videomurojaatda.

Tramp Kongressni zudlik bilan isrofgarlikka chek qo‘yib, keraksiz punktlarni olib tashlashga chaqirgan.

“Menga har tomonlama mukammal bo‘lgan, munosib qonun loyihasini bering”, dedi Tramp.