Donald Tramp raqibi Kamala Xarris bilan ikkinchi teledebatdan voz kechdi. U bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilgan.
Tramp o‘z postida Xarrisni «jangda mag‘lub bo‘lgan bokschi»ga qiyosladi. U «revansh jangini xohlayapti». «So‘rovlar shuni yaqqol ko‘rsatmoqdaki, men radikal so‘l demokrat nomzod Kamala Xarrisga qarshi bahsda g‘alaba qozonganman», dedi Tramp.
Kamala Xarris Tramp post e’lon qilganidan ko‘p o‘tmay, mitingda so‘zga chiqib: «Menimcha, saylovchilar oldida yana bir debatlar o‘tkazish majburiyatimiz bor», dedi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Nmp0lE9sKdE" title="Donald Tramp ikkinchi teledebatdan voz kechdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ma’lumot uchun, Tramp va Xarrisning dastlabki debati 10 sentyabr kuni ABC telekanalida jonli efirda bo‘lib o‘tgan edi. Ularni 67 milliondan ortiq kishi tomosha qilgan.
Shuningdek Vitse-prezidentlikka nomzodlar demokrat partiyasidan Timoti Uolz va respublikachilar partiyasidan Jeyms Devid Vens 1 oktyabr kuni debat o‘tkazishga kelishib oldilar.
Nozim Mardonov, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA