Donald Tramp "Al-Quds” maxsus xizmati sobiq rahbari o‘limida ayblanmoqda
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampni “Al-Quds” maxsus xizmati rahbari, general Qosim Sulaymoniyning o‘limida ayblab, uni qamoqqa olishga chaqirdi, deyiladi "TASS" xabarida.
Xotirlash namoyishida Raisiy AQSHning sobiq prezidentini va Davlat departamenti rahbari Mayk Pompeoni sodir etgan jinoyatlari uchun hibsga olinishini talab qilgan. “Agar adolat qaror topmasa, Eron xalqida qasos o‘ti qoladi”, dedi Eron prezidenti. U Sulaymoniyni o‘zidan maktab qoldirgan buyuk qo‘mondon, deb atadi.
Eslatib o‘tamiz, Sulaymoniy 2020 yilning 3 yanvarida raketa zarbalaridan keyin halok bo‘lgandi.