Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Don va turfa qarashlar...
21:09 / 2022-11-03

Rossiya-Ukraina

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken telefon suhbati chog‘ida Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘liga Rossiyani Qora dengiz orqali don tashish va global oziq-ovqat xavfsizligi majburiyatini bajarishga qaytarish ishida davlati ko‘rsatgan sa’y-harakat uchun minnatdorlik bildirdi.

Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar Rossiya Ukrainadan oziq-ovqat mahsulotlari tashishga qayta qo‘shilgandan keyin don shartnomasi to‘liq ishlab ketgani haqida ma’lumot berdi, deb xabar tarqatdi «Anadolu» agentligi. Shuningdek, Akar 19 noyabrda tugaydigan don shartnomasi muddatini yana uzaytirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilayotganini aytdi.

Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani "Canale5» telekanaliga bergan intervyusida Rossiya va Ukraina Prezidentlari – Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy muzokara davrasida kelishuvga erishishlari zarur, deb hisoblashini bildirgan.

Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakil Jozep Borrel bilan telefon muloqotida Rossiya-Ukraina ziddiyatini tezroq hal etish tarafdori ekanini bayon qildi.

Iordaniya Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Ayman Husayn Abdulla as-Safadiy «Rossiya-Ukraina inqirozini tinch yo‘l bilan hal qilish yo‘lini topish, BMT Nizomi, xalqaro huquq va qonunchilik me’yori, BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalariga rioya etilishini kafolatlaydigan siyosiy yechimni ta’minlash zarur»ligini ta’kidladi.

Ozarbayjonning Kiyevdagi elchixonasi o‘z fuqarolarini zarurat bo‘lmasa, Ukrainaga sayohat qilmaslikka chaqirdi.

“Elchixona evakuatsiya davrida Ukrainada qolishga qaror qilgan fuqarolarni turli ofatdan ehtiyot bo‘lish, xavfsiz joyda saqlanish, Kiyev hukumatining talab va tavsiyalariga mutlaq amal qilishni yana bir bor so‘raydi”, deyiladi elchixona hujjatida.

Ukraina 2023 yil davomida butun Yevropa bo‘ylab “Microsoft” xizmati va ma’lumot markazidan bepul foydalanishi mumkin, deya xabar berdi texnologiya korporatsiyasi prezidenti Bred Smit ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. U qo‘shimcha texnologiya yordami uchun qariyb 100 million dollar ajratishga va’da berdi. Kompaniyaning fevral oyidan beri Ukrainaga bergan ko‘magi 400 million dollarga yetgan.

Abror XON, O‘zA