Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dolzarb vazifalar muhokama etildi
13:34 / 2016-06-13

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi hamda partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi hamda partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Prezidentimiz Islom Karimovning shu yil 2-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasidagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi.

Partiya siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi S.Turdiyev va boshqalar O‘zbekiston barqaror sur’atlar bilan rivojlanib, o‘z kuchi va salohiyatiga tayangan, xalqimizning tinch-osoyishta hayotini himoya qilishga qodir mamlakat sifatida xalqaro hamjamiyatda munosib o‘rin egallaganini ta’kidladi.

Mustaqillik yillarida milliy iqtisodiyotimiz qariyb 6 barobar, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlar 12 barobardan ziyod oshdi. Qarorda alohida qayd etilganidek, yurtimiz aholisining asosiy oziq-ovqat tovarlari, avvalo don, kartoshka, go‘sht, sut va qandolat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji 1990-yilda import hisobidan qoplangan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ularning 96 foizi mamlakatimizda ishlab chiqarilmoqda.

Tadbirda Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlab “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” bosh g‘oyasini o‘zida mujassam etgan, istiqlol yillarida xalqimiz erishgan ulkan yutuqlarni, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik va fermerlik harakatini rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar, tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq vazifalar belgilandi.

Partiyaning hududiy kengashlariga aholining keng qatlamlari va elektorat vakillarini jalb etgan holda joylarda tadbirlar o‘tkazish tavsiya etildi. Bayramoldi targ‘ibot-tashviqot ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish maqsadida partiya faollaridan iborat maxsus guruhlar tuzildi.