Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DOLZARB SAVOLGA ANIQ JAVOB: tomorqa yerlari qanday holatlarda olib qoʻyiladi
19:13 / 2020-08-12

“Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonunning 8-moddasida dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalari imoratlar va inshootlar qurish huquqisiz berilishi belgilab qoʻyilgan.


SAVOL: karantin davrida tomorqachilik bilan shugʻullanmoqchiman. Tomorqa yerlarini olish tartibi va shartlari toʻgʻrisida maʼlumot bersangiz?

JAVOB: dehqon xoʻjaligiga yer uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 55-moddasiga hamda “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonunning 8-moddasida koʻrsatilgan oʻlchamlar va muddatlarda tuman hokimining qaroriga asosan beriladi.

“Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonunning 8-moddasida dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalari imoratlar va inshootlar qurish huquqisiz berilishi belgilab qoʻyilgan.

Shuningdek, Yer kodeksiga muvofiq tomorqa yerlar quyidagi holatlarda olib qoʻyilishi mumkin:

1. Yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechilganda.

2. Yer uchastkasi berilgan muddat tugaganda.

3. Yuridik shaxs tugatilganda.

4. Yer uchastkasidan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilganda.

5. Yer uchastkasidan tuproq unumdorligi pasayishiga, uning kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishiga, ekologik vaziyatning yomonlashuviga olib keladigan unsurlar bilan foydalanilgan taqdirda.

6. Qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda er soligʻi, muntazam toʻlanmay kelinganida.

7. Fermer, dehqon xoʻlaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashlari rayosatining qaroriga muvofiqdehqon xoʻjaligining oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga aʼzoligi tugatilganda.

SAVOL: koʻpincha yerni hujjatlari qalbaki ekan yoki bu yerni bir necha kishiga sotilgani haqida eshitamiz. Shunday holatlarga tushib qolmaslik uchun yer sotib olayotganda nimalarga eʼtibor berish kerak?

JAVOB: uy-joy qurish uchun moʻljallangan yer uchastkalari masalasiga kelsak, bugungi kunda yer uchastkasini sotib olishingiz noqonuniy. Sababi qonunchilikka asosan faqat mulk huquqida boʻlgan yer uchastkasini sotish yoki sotib olishingiz mumkin.

Agarda yer uchastkasida uy-joy qurilgan va ushbu bino va inshootga boʻlgan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlsa, u holda siz ushbu uy-joyni (yer uchastkasini emas) notarius orqali sotib olishingiz mumkin. Bunda siz sotib olgan uy-joyning yer maydoniga boʻlgan huquqi ham sizga oʻtishini maʼlum qilamiz.

Shuni ham eslatib oʻtishimiz zarur, notarial rasmiylashtirilgandan soʻng, huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun notarius orqali murojaat qilinadi va kadastr korxonalariga shaxsan murojaat qilishingiz shart emas.

SAVOL: fermerdan 8 sotix yer olgan edim. Unga qurilish qildim. Biroq hujjatlarimni rasmiylashtirib bermayapti. Bu ish yuzasidan qayerga murojaat qilsam boʻladi?

JAVOB: Bugunning eng achinarli holatlaridan biri mana shunday masalalar hisoblanaldi. Sababi fermerlar va boshqa bir qoʻshtirnoq ichidagi uddaburonlar oddiy xalqni yoʻldan urib, yerlarning qonuniy hujjatini tayyorlab beraman, yerni olib turing oʻzim qarab turaman qabilida hamon yer sotish bilan shugʻullanib kelmoqda.

Ushbu holatlarning oldini olish va yer toʻgʻrisida qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish maqsadida 2019-yilning 4-mart kuni yerlarni muhofaza qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi hamda Soliq kodeksining bir qancha moddalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilib tegishli choralar koʻrilmoqda.

Masalan, Jinoyat kodeksiga sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralar koʻrmaganligi yuzasidan 1971-moddasi kiritilib, ushbu moddaga koʻra, yuqoridagi qonun buzilishlarga yoʻl qoʻyganlik uchun bazaviy ish haqining 150 baravaridan 300 baravargacha yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish choralari belgilab qoʻyildi.

Davergeodezkadastr qoʻmitasining yer nazoratchilari tomonidan oʻtkazilgan monitoringlar natijasida oxirgi 1 yil davomida 48 618 holatda jami 11 161 gektar yer maydonlari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan oʻzboshimchalik bilan noqonuniy egallab olinib, yer qonun buzilish holatlari sodir etilgani aniqlanib tegishli choralar koʻrilmoqda.

Shuni bilishimiz kerakki, fermer xoʻjaligiga yer maydoni 30 yildan kam boʻlmagan 50 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ijaraga foydalanish huquqi bilan ajratib berilgan.

Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonunning 13-moddasiga asosan fermer xoʻjaligiga berilgan yer uchastkalaridan qatʼiy belgilangan maqsadda foydalaniladi.

Ular xususiylashtirilishi, shuningdek, oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti boʻlishi va ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin emasligi aniq belgilab berilganini hisobga olib, fermer xoʻjaligi ijaraga berilgan yer maydoni uy-joy va boshqa noturar bino-inshootlar qurilishi uchun yer maydonlari oldi-sotdi qilinmaydi.

Agarda siz fermer xoʻjaligidan 8 sotix yer sotib olgan boʻlsangiz, tumandagi hech bir mansabdor shaxs qonuniylashtirib berish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirib berolmasligini maʼlum qilamiz.

Agarda siz oʻzingizni aldangan hisoblasangiz aldaganlarga nisbatan chora koʻrish va yetkazilgan zarar hamda sarf-xarajatlarni undirib berish boʻyicha huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Savollarga Davergeodezkadastr qoʻmitasi matbuot kotibi Neʼmat Otamurodov javob berdi.