Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DOLZARB SAVOLGA ANIQ JAVOB: Roʻzador odam tish pastasidan foydalanishi mumkinmi?
16:57 / 2020-04-28

SAVOL: Saharlik vaqtida uxlab qolgan kishi qanday yoʻl tutishi kerak?


SAVOL: Saharlik vaqtida uxlab qolgan kishi qanday yoʻl tutishi kerak?

JAVOB: U odam uygʻongach oz boʻlsa ham biror narsa yeb-ichib, roʻzani niyat qilaman, desa niyati ham, oʻsha kuni tutadigan roʻzasi ham toʻgʻri boʻlmaydi. Uyqudan turgach roʻzani buzadigan (yaʼni, yeb-ichish, er-xotinlik aloqasi kabi) ishlarni qilmasdan, shu kungi roʻzani tutishni niyat qiladi. Bunday niyatni toki quyosh tikkaga kelgungacha qilish mumkin.

Demak, Ramazon oyi saharlik vaqtida uxlab qolgan kishi, uygʻongach, hech narsa yemay-ichmay roʻza tutishni niyat qilishi lozim boʻladi. Vallohu aʼlam.

SAVOL: Roʻzador odam tish pastasidan foydalanishi mumkinmi?

JAVOB: Roʻzador kishi tishlarini tozalashda tish pastalaridan foydalanishi makruh sanaladi. Agar pastadan hosil boʻlgan koʻpiklarni yutib yuborsa, roʻzasi ochiladi. Chunki pasta bilan tish tozalash biror narsani tatib koʻrishga oʻxshaydi.

SAVOL: Roʻza tutgan odam namoz oʻqimasa, dinimizda bunga qanday qaraladi?

JAVOB: Komil musulmon – Islomning farzlariga toʻliq amal qiluvchi kishidir. Zero dinimiz beshta asos ustiga bino qilingan. Bu haqda Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar:

“Islom besh narsa ustiga qurilgandir: “Allohdan oʻzga iloh yoʻqligi va Muhammad Allohning elchisi ekaniga guvohlik berish, namozni qoim qilish, zakot berish, Baytullohni haj qilish, Ramazon roʻzasini tutish” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).

Ushbu hadisi sharifda namoz va Ramazon roʻzasi bir qatorda zikr qilinmoqda.

Umuman olganda namoz va roʻza alohida-alohida ibodatlar boʻlganidan namoz oʻqimagan kishi ham roʻza tutishi mumkin. Lekin oʻrni kelganda namozni qadri juda yuksak ekanini, uni tark qilish katta gunohligini eslatib oʻtamiz. Namoz har bir balogʻatga yetgan, aqlli kishiga farzi ayndir. Qiyomatda ham birinchi soʻraladigan amaldir. Har kuni besh marta takrorlangani sababli, namozni tark qilgan kishi bir kunda besh marta katta gunoh ish qilgan boʻladi.

Savollarga Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo boʻlimi yetakchi mutaxassisi Gʻulomiddin Xolboyev javob berdi.