Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DOLZARB SAVOLGA ANIQ JAVOB: Avtomashina sotilsa stiker-ruxsatnomasiga kim oʻzgartirish kiritadi?
08:34 / 2020-07-15

Tartibda maxsus ruxsatnoma berilgan avtotransport vositasi oʻzgarishi munosabati bilan ularni qayta rasmiylashtirish nazarda tutilmagan.

Savol: Stiker-ruxsatnoma berilgan avtomashina almashganda (sotilganda, nosoz yoki yaroqsiz holga kelib qolganda va hokazo) stiker-ruxsatnomada qayd etilgan avtotransport vositasi rusumi va davlat raqami yozuvlariga kim tomonidan oʻzgartirish kiritiladi?

Sanjar ABDULLAYEV, Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi:

— Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan 10-iyuldan 1-avgustga qadar mamlakat miqyosida avtotransport vositalarining harakati qayta cheklandi.

Bunda, avtotransport vositalari harakatlanishi uchun ilgari berilgan maxsus ruxsatnomalar (stiker) karantin cheklovlari amal qilish davrida qoʻllanilishi belgilandi.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan maxsus ruxsatnomalar berish Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 30-martdagi yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan tartibga asosan amalga oshiriladi.

Tartibda maxsus ruxsatnoma berilgan avtotransport vositasi oʻzgarishi munosabati bilan ularni qayta rasmiylashtirish nazarda tutilmagan.

Bundan tashqari, Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 8-apreldagi yigʻilish bayoniga asosan avtotransport vositalariga maxsus ruxsatnoma berish 9-apreldan toʻxtatilgan.

Maʼlumot oʻrnida aytish joiz, har bir gologrammali maxsus ruxsatnoma Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali alohida unikal raqam bilan rasmiylashtirilgan va unga kiritilgan maʼlumotlarga Davlat xizmatlari markazlari tomonidan oʻzgartirish kiritishning texnik imkoniyati mavjud emas.