Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dolzarb mavzuda masofaviy anjuman
20:03 / 2020-04-10

Toshkent davlat pedagogika universitetida “Sohibqiron Amir Temurning jahon tarixidagi oʻrni“ mavzuida masofaviy anjuman boʻlib oʻtdi.

Amir Temur tavalludining 684-yilligiga

Toshkent davlat pedagogika universitetida “Sohibqiron Amir Temurning jahon tarixidagi oʻrni“ mavzuida masofaviy anjuman boʻlib oʻtdi.

Yigirmadan ortiq oliy taʼlim muassasalarining 130 dan ziyod professor-oʻqituvchilari, doktorant va talabalar ishtirok etgan tadbirda mavzuga doir maʼruzalar tinglandi.

Maʼruzalarda elchi va monax Ioann Grinlo, savdogarlar Paole Zane, Beltramus de Mignanelli va Emmanuil Pilotti, ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo, asirga tushgan nemis askari Yoxannes Shiltbergerning Amir Temur ichki va tashqi siyosati haqida hali koʻpchilikka nomaʼlum fikrlari aytildi.

Anjumanda Amir Temur bobomizning oʻlmas xotirasini tiklash, beqiyos hayoti va faoliyati hamda boy merosini oʻrganish borasida juda katta ishlar amalga oshirilayotgani bilan bir qatorda Sohibqironning hayot yoʻli va davlatchiligimizdagi ibratli saboqlarini oʻqitishdagi ayrim muammolarga ham alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, Amir Temur va temuriylar davlatida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotni oʻqitishda interfaol uslublardan foydalanish, Amir Temurning “Temur tuzuklari”da davlat boshqaruviga doir koʻrsatmalarining bugungi ahamiyatini oʻquvchilarga yoritib berishning metodik yoʻllari masalalari bugungi kunda yetarlicha tadqiq etilmaganligiga eʼtibor qaratilib, bu borada tegishli koʻrsatma va tavsiyalar oʻrtaga tashlandi.