Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dolzarb mavzuda davra suhbati
15:00 / 2024-12-13

Sharof Rashidov tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi, “Inson” ijtimoiy markazi, tuman IIB va boshqa tashkilotlar hamkorligida “Biz jinoyatchilikka qarshimiz!” shiori ostida davra suhbati uyushtirildi.

“O‘zini o‘zi anglash va o‘z ruhiy holatini rivojlantirish” mavzusida tashkil etilgan ushbu tadbirda Jizzax davlat pedagogika universitetining matematika va informatika fakulteti talabalari ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda yoshlar o‘rtasida ma’naviy tarbiya va ruhiy salomatlikni rivojlantirish, jinoyatchilikning oldini olish, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ularning hayotiy muammolarini hal etish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.  

Davra suhbatida o‘zini o‘zi anglashning ahamiyati o‘z shaxsiyatini bilish orqali ijtimoiy faollik va hayotiy maqsadlarga erishish yo‘llari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Ruhiy salomatlikni mustahkamlash, stressni boshqarish, ijobiy fikrlash va sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha ham tavsiyalar aytib o‘tildi.

Shuningdek, ushbu tadbir davomida jinoyatchilikka qarshi choralar, yoshlar orasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olishda oila, mahalla faollari va oliygohning o‘rni katta ekanligi alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z tajribalari va fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbir so‘nggida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),

O‘zA muxbirlari